Germaniya kubogida 1/16 final bahslari davom etmoqda.
"Bayer" safarda ikkinchi Bundesliga vakili "Paderborn" bilan ro'baro' kelib, asosiy vaqtda g'alabani qo'ldan chiqardi. Ammo leverkuzenliklar qo'shimcha bo'limlar so'ngida iroda ko'rsatib 1/8 finalga yo'llanma olishdi.
Shuningdek, "Shtutgart" ham keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.
Germaniya kubogi. 1/16 final. 29 oktabr
Paderborn — Bayer 2:4
Gollar: Marino (90), Mihel (96) — Grimaldo (60), Kvansa (106), Maza (120+2), Garsiya (120+4).
Mainz — Shtutgart 0:2
Gollar: Jake (6), Karazor (73).
Groyter Fyurt — Kayzerslautern 0:1
Gol: Skitta (12).
Illertissen — Magdeburg 0:3
Gollar: Breunig (11), Mateysen (31), Pesh (84).