Live
3
O'zbek

Germaniya klubi ayol kishini bosh murabbiy etib tayinladi

Futbol
12 aprel, 03:40
Mari-Luiza Bundesligada birinchi ayol bosh murabbiyga aylandi.
Germaniya klubi ayol kishini bosh murabbiy etib tayinladi
Foto: FC Union Berlin

Berlinning «Union» klubi Mari-Luiza Etta jamoaning ushbu mavsum oxiriga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini e'lon qildi.

Berlinliklarning avvalgi ustozi Shtefan Baumgart o'z murabbiylar shtabi bilan birga iste'foga chiqarildi. E'tiborli jihati, jamoa Bundesliga turnir jadvalida 11-o'rinda borayotgandi.

Etaning ta'kidlashicha, jadvalning pastki qismida ochkolar zich joylashgani sababli jamoaning Bundesligada qolishi hali to'liq kafolatlanmagan. «Bu oson bo'lmagan vazifani menga ishonib topshirgani uchun klubdan minnatdorman», — dedi u «Union» matbuot xizmatiga bergan interv'yusida.

Shu tariqa, garchi bu lavozimda vaqtincha faoliyat yuritayotgan bo'lsa ham Mari-Luiza Bundesligada birinchi ayol bosh murabbiyga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yunion Yunion
Bugungi yangiliklar