Misrlik sobiq hakam Gamal El-Gandur yaqinda Tribuna.uz nashriga intervyu berdi. Suhbat davomida u Ravshan Ermatov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- «FIFA Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p uchrashuvni boshqargan hakam rekordi O‘zbekiston hakamligi haqida nimani anglatadi?
- FIFA Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p uchrashuvni boshqargan hakam rekordi O‘zbekiston vakili Ravshan Ermatovga tegishli. Bu O‘zbekistonda hakamlik rivojlangani va yuqori saviyaga yetganining yaqqol dalilidir.
- Demak, siz Ravshan Ermatovni yaxshi bilasiz?!
- Ha, albatta. Ravshan Ermatov buyuk hakam va FIFA Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p uchrashuvni boshqarish rekordi sohibi hisoblanadi.
- Umuman, O‘zbekiston va uning futboli haqida nimalarni bilasiz?
- O‘zbekiston Osiyodagi kuchli futbol mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Milliy jamoasi FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma uchun kurashadi, mamlakat bir qator yetuk hakamlarni ham yetishtirib chiqargan. Ravshan Ermatov buning ayniqsa yorqin namunasidir», - dedi Gandur.