Tayson Fyuri Derek Chisora va Deontey Uaylder o'rtasidagi jangni tomosha qilgandan keyingi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu jangni tomosha qilish men uchun juda og'ir bo'ldi. Bu achinarli edi. Hayotimda hech qachon ikki nafar erkak bu qadar past darajaga tushganini ko'rmaganman.
Va men o'ylab qoldim: nahotki, keyingisi menman? Shuning uchun jamoamga aytdim: "Agar men ham jangda shu yigitlardan kamida 10% darajada yomon bo'lsam ham, meni maydonga olib chiqib otib tashlanglar", – dedi Fyuri.
Eslatib oʻtamiz, Uaylder Londonda boʻlib oʻtgan jangda Chisorani hakamlarning boʻlingan bilan magʻlub etdi.