Bugun
15
O'zbek

Boks. Uaylder Chisorani hakamlarning qarori bilan mag'lub etdi

Boks
4 aprel, 23:00
Londonda o'tgan markaziy jangda hakamlarning qarori yakdil bo'lmadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Boks. Uaylder Chisorani hakamlarning qarori bilan mag'lub etdi
Foto: Getty Images

5 apreldan 6 aprelga o'tar kechasi Londonda boks oqshomi bo'lib o'tdi. Markaziy jang og'ir vazn toifasida Derek Chisora (36-14) va Deontey Uaylder (45-4-1) o'rtasida o'tkazildi.

To'qnashuvda Uaylder hakamlarning bo'lingan qarori bilan ustun keldi (115-111, 112-115, 115-113). Bu uning faoliyatida hakamlar qarori bilan qo'lga kiritgan ikkinchi g'alabasi bo'ldi.

Chisora 2025 yil fevral oyida Otto Vallinni mag'lub etgan va uchtalik g'alabali seriyada edi. Uaylder esa 2025 yil iyun oyida Tayrell Herndonni nokautga uchratgandi.

Bugungi yangiliklar