Bugun
84
O'zbek

Fyuri Joshua bilan jang tashkillashtirilmasa, faoliyatini yakunlashini bildirdi

Boks
17 aprel, 01:50
Britaniyalik bokschiga umidli yoshlar bilan jang qiziq emas.
Fyuri Joshua bilan jang tashkillashtirilmasa, faoliyatini yakunlashini bildirdi
Foto: Getty Images

Super og'ir vazn toifasida WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring va IBF versiyalari bo'yicha sobiq jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri agar uning keyingi raqibi hamyurti Entoni Joshua bo'lmasa, boksdagi faoliyatini yakunlash niyati borligini bildirdi.

«Keling, jangni tashkil qilaylik. Masala shunda. Agar keyingi raqib Entoni Joshua bo'lmasa, boks men uchun ahamiyatsiz bo'lib qoladi. Vaznim 190 kg bo'lgunicha mingta pasxa tuxumini yeb qo'yaman. Yo'q, men bunga rozi emasman. Men ketaman. Bu men uchun qiziq emas. Yo u yoki men yana ketaman.

Menga umidli yosh bokschilar, o'zini isbotlashga urinayotganlar qiziq emas. Reytinglar ham, kamarlar ham qiziq emas. Menga faqat Ey Jey (Joshua) kerak. Bu — Britaniya boksi uchun hal qiluvchi jang», — dedi Fyuri ESPN’ga.

Avvalroq Tayson hamyurtini jangga chorlagan va Entoni ham bunga rozilik bildirgandi.

Bugungi yangiliklar