«Fenerbahche» klubi «Galatasaroy»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Domeniko Tedeskoni ishdan bo'shatdi.
Germaniyalik mutaxassis boshqargan jamoa Istanbul derbisida prinsipal raqibiga yirik hisobda (0:3) yutqazgach, 31 ta o'yindan keyin turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Ular mavsum tugashiga 3 tur qolganida peshqadam «Galatasaroy»dan 7 ochkoga ortda qolmoqda, ya'ni chempionlik uchun imkoniyat deyarli qolmadi.
«Fenerbahche» direktorlar kengashi Tedesko va uning murabbiylar shtabi, shuningdek, klub sport direktori Devin O'zekni ishdan bo'shatishga qaror qildi. Qolgan o'yinlarda jamoani Zeki Murat Gele boshqaradi.
Tedesko 2025 yil sentabr oyi boshida Joze Mourino o'rniga Istanbul klubi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. U klub bilan birga Turkiya superkubogini qo'lga kiritdi, finalda «Galatasaroy» 2:0 hisobida mag'lub etilgandi. Domeniko jamoa bilan jami 45 ta o'yin o'tkazdi: 26 g'alaba, 12 durang, 7 mag'lubiyat, to'plar farqi — 87:46, har bir o'yinda o'rtacha 2 ochko.