«An Nasr» hujumchisi va Portugaliya milliy jamoasi vingeri Joao Feliks Saudiy Proligasi 2025/2026 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda chempionatning X (Twitter) ijtimoiy tarmog'ida rasmiy sahifasi xabar berdi.
Bu mavsumda Feliks chempionat doirasida 33 ta oʻyinda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.
Feliks sovrin uchun kurashda Krishtianu Ronaldu («An Nasr»), Ruben Nevesh («Al Hilol»), Ayven Touni («Al Ahli») va Xulian Andres Kinyonesni («Al Qodisiya») ortda qoldirdi.
Mavsum yakuniga koʻra, «An Nasr» 86 ochko jamgʻarib, chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni 84 ochko bilan «Al Hilol» egalladi. Kuchli uchlikni esa 81 ochko bilan «Al Ahli» yakunladi.