Live
1
O'zbek

Eron mundialda ishtirok etmasa, uning o'rnini katta ehtimol bilan boshqa Osiyo jamoasi egallaydi

Futbol
15 mart, 00:00
Eng asosiy nomzod sifatida Iroq milliy jamoasi ko'rilmoqda.
Eron mundialda ishtirok etmasa, uning o'rnini katta ehtimol bilan boshqa Osiyo jamoasi egallaydi
Foto: Championat.com

Eron milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Bunday holat yuz bersa, uning o'rnini katta ehtimol bilan Osiyo futbol konfederatsiyasidan boshqa jamoa egallaydi. Eron o'rniga eng asosiy nomzod sifatida Iroq milliy jamoasi ko'rilmoqda.

31 mart kuni iroqliklar qit'alararo pley-off finalida Boliviya — Surinam juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi. Agar Iroq ushbu bahsda mag'lub bo'lsa, jahon chempionatiga Eron o'rniga aynan shu jamoa yo'llanma olishi mumkin.

Agar Iroq pley-off orqali turnirga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritsa, navbatdagi nomzod sifatida Birlashgan Arab Amirliklari milliy jamoasi ko'rib chiqiladi. BAA Osiyo qit'asining saralash bosqichi finalida Iroqqa mag'lub bo'lgan va OFK jamoalari orasida keyingi navbatda turibdi.

Avvalroq Eron sport vaziri milliy jamoani jahon chempionatida ishtirok etmasligini ma'lum qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Eron Eron
  • Iroq Iroq
  • BAA BAA
Bugungi yangiliklar