Eron sport vaziri Ahmad Donyamaliy mamlakat milliy jamoasi AQShda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok etish-etmasligi borasida o'z fikrini bildirdi.
«Korrupsiyaga botgan hukumat yetakchimizni o'ldirganidan so'ng, jahon chempionatida ishtirok etishimizga imkon beradigan shart-sharoit qolmadi. Eronga qarshi amalga oshirilgan shafqatsiz xatti-harakatlar fonida – sakkiz yoki to'qqiz oy davomida bizni ikkita urushga majburlashdi va buning natijasida minglab vatandoshlarimiz halok bo'ldi – bunday vaziyatda bizda ishtirok etish imkoniyati aniq mavjud emas», — dedi Donyamaliy.
Ma'lumot uchun, jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.