Bugun
13
O'zbek

Erkin kurash. Oʻzbekistonlik 4 nafar oʻsmir Jahon chempionatida sovrindor boʻlishdi

Boshqa sportlar
3 avgust, 05:55
2 tadan kumush va bronza qoʻlga kiritildi.
Erkin kurash. Oʻzbekistonlik 4 nafar oʻsmir Jahon chempionatida sovrindor boʻlishdi
Foto: United World Wrestling

Ozarboyjon poytaxtida kechayotgan sport kurashlari boʻyicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston navbatdagi medallariga ega chiqdi.

Erkin kurash bahslarida 2 tadan kumush va bronza medallari qoʻlga kiritildi.

🥈 Kumush medal:
-55 kg: Jahongir Toʻlqinov
-65 kg: Shohiddin Aliyev

🥉 Bronza medal:
-48 kg: Farrux Mahmudov
-110 kg: Behruz Ashirov

Avvalroq yunon-rum kurashi bahslarida Bunyod Hasanov ikki karra jahon chempionligini qoʻlga kiritgandi.

Bugungi yangiliklar