Bugun
18
O'zbek

Erik Bayi faoliyatini MLSda davom ettiradi

Futbol
17 iyul, 14:47
Tomonlar oʻrtasidagi shartnoma 2027 yil yozigacha moʻljallangan.
Erik Bayi faoliyatini MLSda davom ettiradi
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted"ning sobiq markaziy himoyachisi Erik Bayi faoliyatini okean ortida davom ettiradi.

Ivuarlik 31 yoshli futbolchi erkin agent sifatida AQShning "Kolumbus Krew" klubiga koʻchib oʻtdi.

Tomonlar oʻrtasidagi shartnoma 2027 yil yozigacha moʻljallangan. Shuningdek, kelishuvda 2027/2028 va 2028/2029 yillgi mavsumlar uchun shartnomani uzaytirish imkoni ham nazarda tutilgan. Bu MLS 2027 yil yozidan boshlab musobaqani "kuz–bahor" tizimida oʻtkazishga oʻtishi bilan bogʻliq.

Bayi faoliyati davomida "Manchester Yunayted"dan tashqari "Espanyol", "Vilyarreal", "Marsel" va "Beshiktosh" klublari sharafini ham himoya qilgan.

Ayni vaqtda "Kolumbus Krew" MLS Sharqiy konferensiyasi musobaqa jadvalida 10-oʻrinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Columbus Crew Columbus Crew
Bugungi yangiliklar