Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 1-turidan o'rin olgan bir qator bahslar yakuniga yetdi.
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida "Nasaf" "Al Ahli" mehmoni bo'ldi va 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Qarshiliklar safida ikki golga Norchaev mualliflik qilgan bo'lsa, mezbonlar tarkibida Millot dubl qayd etdi. Jiddaliklarning uchinchi golini esa Mahrez kiritdi.
Shuningdek, "Al Ittihod" kutilmaganda BAAning "Al Vahda" klubiga yutqazib qo'ydi. "Sharja" "Al G'arafo"ni 4:3 hisobida yenggan bo'lsa, "Ash Shorta" va "As Sadd" qarama-qarshiligida 1:1 hisobi qayd etildi.
Elit OChL. 1-tur, 16 sentyabr.
Al Ahli — Nasaf 4:2
Gollar: Norchaev 34, 41 (dubl) — Millot 65, 68 (dubl), Mahrez 90+4, Bakor 90+15.
Al Ahli: 16.Eduar Mendi, 9.Al Buraikan (5.Muhammad Sulaymon, 46), 30.Al Johani (47.Abu Al Shamat, 62), 32.Matteo Dams, 28.Merih Demiral (20.Mateus Gonshalvesh, 46), 3.Rojer Ibanes, 8.Riyad Mahrez, 27.Majrash (6.Valenten Atangana, 62), 79.Frank Kessi, 10.Enzo Miyo (29.Muhammad Abdulrahmon, 84), 17.Ayven Toni.
Nasaf: 35.Abdulvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murod Rahmatov (10.Dragan Cheran, 65), 18.Husayn Norchaev (20.Yusuf Otubanjho, 84), 19.Stefan Cholovich (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 65), 22.Igor Golban, 24.Sardor Bahromov, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov (14.Sharof Muhitdinov, 75), 92.Umar Eshmurodov (9.Javohir Sidiqov, 84).
Chetlatish: Davronov 90+13 (Nasaf).
Al Vahda — Al Ittihod 2:1
Gollar: Kanedo 62, Pimenta 90+8 — Bergveyn 21.
Chetlatish: Shankiti 37 (Al Ittihod).
Sharja — Al G'arafa 4:3
Gollar: Manaj 60, 90+1 (dubl), Kamara 62, Koronado 90+10 — Braimi 33 (pen), Xoselu 45+4, 73 (pen, dubl)
Chetlatish: Ababakar 86 (Al G'arafa).
Ash Shorta — As Sadd 1:1
Gollar: Mendi 28 — Al Haydos 62.