Turkiya Superligasida yorqin mavsum o‘tkazgan «Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov EA SPORTS FC 26 talqinidagi mavsum ramziy jamoasiga kiritildi. Bu haqda Istanbul klubi rasmiy sahifalari ma’lum qildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi sardori ushbu mavsum davomida samarali o‘yinlari bilan «Bashakshehir» safida muxlislar va mutaxassislar e’tiborini qozondi. U Turkiya chempionatini 22 ta gol bilan yakunladi.
Shu tariqa, Shomurodov FC 26’ning Superliga bo‘yicha «Team of the Season» tarkibidan joy olgan futbolchilar qatoriga qo‘shildi.
