Braziliyalik yarimhimoyachi Ederson "Atalanta" bilan 2031 yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Avvalroq manchesterliklar 27 yoshli futbolchining transferidan rasmiy ravishda voz kechganini xabar qilingan edi. Angliya klubi tibbiy ko'rik natijalaridan qoniqmagani uchun italiyaliklarga transfer bekor qilinganini ma'lum qilgan.
Jurnalist Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, "Manchester United" bu yozda transfer bo'yicha muzokaralarni qayta tiklashi haqidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Kelishuv bir hafta avval butunlay bekor qilingan.
Ma'lumot uchun, u 2022 yildan buyon "Atalanta" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi