UFC jangchisi Merab Dvalishvili tashkilot chempionlik kamarining asl nusxasi qancha turishini ma’lum qildi.
«Har safar g‘alaba qozonganingda, senga chempionlik kamarining nusxasini berishadi. Senda faqat bitta asl kamar bo‘lishi mumkin, keyingi g‘alabalardan so‘ng esa uning nusxalari taqdim etiladi.
Oktagonda senga haqiqiy chempionlik kamarini topshirishadi, ammo keyinchalik uni almashtirishadi. Asl chempionlik kamarining narxi 325 ming dollarni tashkil etadi», — dedi Dvalishvili.
Shu tariqa, gruziyalik jangchining ta’kidlashicha, UFC chempioni har bir g‘alabasidan keyin yangi asl kamarga ega bo‘lmaydi. Oktagonda taqdim etiladigan haqiqiy kamar keyinchalik nusxasi bilan almashtiriladi va sportchida faqat bitta original chempionlik kamari qoladi.
Ma’lumot o‘rnida, Dvalishvili navbatdagi jangini 24-oktabr kuni o‘tkazadi. U Abu-Dabida tashkil etiladigan UFC 333 turnirida Pyotr Yanga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi