Roberto De Zerbining «Tottenhem» bosh murabbiyi etib tayinlanishi kelishib olindi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassis bilan 5 yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Italiyalik murabbiy avvalroq Angliya Premyer-ligasida «Brayton»ni boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi Fransiyaning «Marsel» klubi bo‘lib, u 2026-yil fevral oyida jamoani tark etgan. Shuningdek, De Zerbi «Shaxtyor», «Sassuolo», «Benevento» va «Palermo»da ham faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni «Tottenhem» Igor Tudor bilan xayrlashgan edi. Xorvatiyalik mutaxassis 14 fevralda jamoa boshqaruviga kelgandi va 2025/2026-yilgi mavsumda klubni boshqargan uchinchi murabbiyga aylandi. Undan avval «Tottenhem» Tomas Frank va Ange Postekoglu bilan ham hamkorlikni yakunlagan.