Live
1
O'zbek

«Chelsi» «Real» futbolchisi uchun 60 million yevro to'lashga tayyor

Futbol
18 sentabr, 02:59
Londonliklar 2026 yilning yozida ham o'z tarkibini kuchaytirishga harakat qiladi.
«Chelsi» «Real» futbolchisi uchun 60 million yevro to'lashga tayyor
Foto: Football Espana

«Chelsi» 2026 yilning yozida ham o'z tarkibini kuchaytirishga harakat qiladi.

Fichajes nashrining xabar berishicha, «ko'klar» kelasi yozda «Real» yarimhimoyachisi Eduardo Kamavingani sotib olishga urinib ko'radi.

Angliya klubi fransiyalik futbolchi uchun 52 million funt sterling (60 million yevro) taklif qilishga tayyor.

«Qirollik klubi» bu taklifni qabul qiladimi yoki yo'qmi noma'lum.

22 yoshli futbolchi Madrid klubiga 2021 yilda «Renn»dan 31 million yevro evaziga kelib qo'shilgan edi. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.

Avvalroq, Xabi Alonso Kamavinga va Bellinghem hafta oxirigacha o'yinlarda ishtirok etishga tayyor bo'lishini ma'lum qilgan edi.

Bugungi yangiliklar