Live
2
O'zbek

Bundesliganing narxi eng ko'p oshgan futbolchilari e'lon qilindi

Futbol
27 may, 11:09
Diomande, Pavlovich, Manzambida eng yuqori oʻsish.
Bundesliganing narxi eng ko'p oshgan futbolchilari e'lon qilindi
Фото: Getty Images

Transfermarkt portali 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga koʻra Germaniya Bundesligasida transfer qiymati eng yuqori sur'atlarda oʻsgan futbolchilar reytingini yangiladi.

Ro'yxatda "Leyptsig"ning kamerunlik 19 yoshli hujumchisi Yan Diomande peshqadamlik qilmoqda — uning narxi birdaniga 15 million yevroga ko'tarildi.

Shuningdek, "Bavariya" yulduzi Maykl Olise va "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Job Bellingemning ham bozor qiymatida sezilarli oʻsish (10 million yevrodan) kuzatilgan.

Bundesliganing narxi eng ko'p oshgan futbolchilari — top-10 (27 may, 2026 yil):

1. Yan Diomande ("Leyptsig") — 90 mln yevro (+ 15 mln yevro).
2. Aleksandar Pavlovich ("Bavariya") — 90 mln yevro (+ 15 mln yevro).
3. Yoxan Manzambi ("Frayburg") — 50 mln yevro (+15 mln yevro).
4. Kaisyu Sano ("Maynts") — 40 mln yevro (+ 15 mln yevro).
5. Igor Matanovich ("Frayburg") — 22 mln yevro (+12 mln yevro).
6. Samuele Inasio ("Borussiya D") — 15 mln yevro (+12 mln yevro).
7. Maykl Olise ("Bavariya") — 150 mln yevro (+10 mln yevro).
8. Said El-Mala ("Kyoln") — 45 mln yevro (+10 mln yevro).
9. Job Bellinghem ("Borussiya" Dortmund) — 40 mln yevro (+ 10 mln yevro).
10. Kristof Baumgartner ("RB Leyptsig") — 40 mln yevro (+10 mln yevro).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar