Live
1
O'zbek

Bugun Oʻzbekiston kubogining pley-off bosqichi uchun qur'a tashlanadi

Futbol
2 iyun, 02:25
Jarayon 19:00 da start oladi.
Bugun Oʻzbekiston kubogining pley-off bosqichi uchun qur'a tashlanadi
Foto: UzPFL

27 may kuni Oʻzbekiston kubogining guruh bosqich uchrashuvlariga yakun yasaldi. Unga koʻra, 1/8 finalda ishtirok etadigan 16 ta klub nomiga oydinlik kiritildi.

Bugun, 2 iyun kuni 19:00 da pley-off bosqichi uchun qur'a tashlanadi. Jarayon OʻzPFL sahifalari orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ma'lumot uchun, Oʻzbekiston kubogi guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan klub 1/8 final bosqichini oʻz maydonida qabul qiladi. Guruhda ikkinchi boʻlgan klub esa yagona oʻyindan iborat pley-off bosqichini safarda oʻtkazadi. Bir guruhda kurash olib borgan ikki klub 1/8 finalda oʻzaro raqib boʻlmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar