Braziliya futbol konfederatsiyasi Neymarning jismoniy holati yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, futbolchi dushanba kuni MRT tekshiruvidan o‘tgan va natijalar davolanish jarayoni kutilganidek kechayotganini ko‘rsatgan.
«Neymar dushanba kuni MRT tekshiruvidan o‘tdi. Tahlillar uning tiklanish jarayoni ijobiy kechayotganini va barchasi kutilgan parametrlar doirasida ekanini tasdiqladi», — deyiladi konfederatsiya bayonotida.
Shuningdek, futbolchi tibbiy komissiya tomonidan ishlab chiqilgan reja asosida tiklanish mashg‘ulotlarini davom ettirishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar Braziliya milliy jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy olgan edi. Biroq jarohat sabab uning turnirda ishtirok etish yoki etmasligi so'roq ostida qolayotgandi.