Live
1
O'zbek

Blahovich Proxazkaga: «Kel, jang qilamiz. Hozir yoki hech qachon»

MMA
26 noyabr, 22:48
Ikkalasi ham so‘nggi jangida Stirlingga mag‘lub bo‘lgan.
Blahovich Proxazkaga: «Kel, jang qilamiz. Hozir yoki hech qachon»
Foto: Getty Images

UFC yarim og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni Yan Blahovich Irji Proxazkani jangga chorladi.

«Irji... Kel, jang qilamiz. Hozir yoki hech qachon», — deb yozdi Blahovich.

43 yoshli Blahovich so‘nggi jangini 2026-yil avgust oyida o‘tkazib, birinchi raundda texnik nokaut bilan Navaxo Stirlingga mag‘lub bo‘lgandi.

34 yoshli Irji Proxazka esa 21-noyabr kuni UFC Qatar turnirida oktagonga chiqdi va ikkinchi raundda nokautga uchrab, u ham Navaxo Stirlingga yutqazdi.

Bugungi yangiliklar