Live
1
O'zbek

Bellinghem goli haqida: «Men uchun asosiysi bu emas»

Futbol
23 avgust, 04:00
Madrid klubi yarimhimoyachisi La Liga 1-turi doirasida «Espanyol»ga qarshi o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bellinghem goli haqida: «Men uchun asosiysi bu emas»
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem La Liga doirasidagi «Espanyol»ga qarshi o‘yindan (2:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Angliyalik futbolchi bahsdagi birinchi golga mualliflik qildi – 9-daqiqada Jud jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Maydon egalari tanaffusgacha hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi, biroq 90-daqiqada Karlos Espi «qaymoqranglilar» uchun g‘alaba golini urib, Mourinio jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

«Men avvalgi ikki yilda nima qilgan bo‘lsam, hozir ham shu ishni qilyapman, faqat endi gollar ham qo‘shildi. Gol urganimda, odamlar ajoyib o‘ynayotganimni aytishadi, ammo men uchun eng muhimi – jamoaga barcha jabhalarda yordam berish, hujumlarni keskinlashtiruvchi uzatmalarni amalga oshirish, raqiblarni aldab o‘tish va himoyaviy harakatlarda qatnashishdir. Gol – bu har doim o‘zgacha bir narsa, lekin asosiysi – butun jamoaga yordam berish», – deya Bellinghemning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba, 26-avgust kuni Joze Mourinio jamoasi o‘z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qiladi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar