Yarimhimoyachi Jud Bellingem «Real» safida oxirgi marta 1 fevral sanasida maydonga tushgandi.
The Athletic xabar berishicha, «Real»dagilar Bellingemning navbatdagi o‘yin, ya’ni Madrid derbisi doirasida «Atletiko» bilan bahsga qaytishini kutishmoqda.
Ta’kidlash lozim, Jud Bellingem Angliya milliy jamoasining mart oyidagi yig‘iniga chaqiruv oldi. Inglizlar bu oyda Urugvay va Yaponiyaga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirishgan.
«Real» va «Atletiko» o‘rtasidagi Madrid derbisi 22 mart, yakshanba kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadi.