Bugun
15
O'zbek

«Barselona»ning sobiq himoyachisi «Aston Villa»ga o‘tishi mumkin

Futbol
28 may, 16:58
Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
«Barselona»ning sobiq himoyachisi «Aston Villa»ga o‘tishi mumkin
Foto: Getty Images

Birmenghem shahri jamoasi «Selta» himoyachisi Oskar Mingesa bilan shartnoma imzolash variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

27 yoshli futbolchi yozda Ispaniya klubini erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda. Futbolchining o‘zi APLda to‘p tepishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlanmoqda.

«Aston Villa» bosh murabbiyi Mingesani universalligi tufayli munosib nomzod deb hisoblaydi. Oskar himoyaning qanotida ham, markazida ham o‘ynay oladi.

Mingesa «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniya klubining asosiy tarkibida 60 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, Ispaniya Kubogi sohibi bo‘lgan. 2022-yili «Selta»ga o‘tganidan keyin asosiy tarkibdan mustahkam o‘rin oldi va jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi.

«Aston Villa», YECHLda ishtirok etishi kutilayotgan, kelgusi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishni istayapti. Biroq birminghemliklar moliyaviy cheklovlarni hisobga olishi va o‘z futbolchilari transferiga ham e’tibor qaratishni reja qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Selta Vigo Selta Vigo
Bugungi yangiliklar