"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Fil Foden faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, angliyalik 25 yoshli futbolchiga "Barselona" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Kataloniya klubi Fodening "Manchester Siti"dagi kelajagi noaniqligi tufayli uni nisbatan arzonroq narxda o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda.
Shuningdek, futbolchiga "Milan" ham da'vogarlik qilmoqda. Italiya klubi allaqachon Fodening agenti bilan muzokaraga kirishgan.
Ma'lumot uchun, Fil "shaharliklar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.