Live
9
O'zbek

«Barselona» De Yongning tezroq safga qaytishini kutmoqda

Futbol
6 sentabr, 06:04
    2
Ispan klubi niderlandiyalik yarimhimoyachining oktyabr oyida safga qaytishiga umid qilmoqda.
«Barselona» De Yongning tezroq safga qaytishini kutmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong tizzasidan olgan jarohati sababli faoliyatida tanaffus qilmoqda. Klub futbolchining 8-oktyabr kuni yakunlanadigan xalqaro tanaffusdan so‘ng to‘liq tiklanishini kutmoqda.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi ayni vaqtda o‘zi tanlagan konservativ davolash usulini davom ettirmoqda. Agar tiklanish jarayonida asoratlar yoki jarohatning qaytalanishi kuzatilmasa, De Yong belgilangan muddatda safga qaytishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik futbolchi 2026-yilgi jahon chempionati vaqtida o‘ng tizzasining medial kollateral boylamidan jarohat olgan edi.

Ma'lumot uchun, De Yong «Barselona» safida 2019-yildan buyon to‘p tepmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar