Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari — «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Tottenhem», «Liverpul», «Brayton», «Brentford» va «Aston Villa» — «Nant» jamoasining markaziy himoyachisi, 17 yoshli Tilel Tati o'yinini kuzatish uchun skautlarini yubordi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, fransiyalik yosh futbolchiga «Barselona» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Katalon klubi Tatini jamoa mudofaasiga uzoq muddatli sarmoya sifatida koʻrib chiqmoqda.
«Nant» esa hozircha oʻz isteʼdodli futbolchisini sotishga shoshilmayapti.
Maʼlumot uchun, Tilel Tati Liga 1 doirasida 6 ta oʻyinda maydonga tushdi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, himoyachining bozor qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.