Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya chempionatida raqiblarini o‘ta yirik hisoblarda taslim etishda davom etmoqda.
Bu safar Flik shogirdlari safarda «Valensiya»ga qarshi bahs olib bordi va yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Natijada, «Barsa» chempionat doirasida qatorasiga ikkinchi o‘yinda ham 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalroq xuddi shunday hisobda «Elche» jamoasi mag‘lub etilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, «Barselona» Ispaniya chempionatining qatorasiga ikki o‘yinida 5 tadan gol urgani yaqin 10-yilda ilk bor sodir amalga oshdi. So‘nggi bor kataloniyaliklar 2016-yil sentyabr oyida bunday natija qayd etgan - o‘shanda «Leganes» va Hihonning «Sporting» klublari nomdor raqibga qarshilik ko‘rsata olmagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi