"Barselona" 10 avgust kuni "Kamp Nou" stadioniga qaytadi. Bu haqda klub o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi.
"10.08.2025. Uyda ko‘rishguncha", — deyiladi xabarda. O‘yingohda 2022/2023 yilgi mavsumdan so‘ng qayta ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgandi.
2022 yilda Spotify stadionni "Spotify Kamp Nou"ga o‘zgartiradi. Sababi, kompaniya klubdan stadion nomiga egalik qilish huquqini 4 yilga 310 million dollar evaziga sotib olgandi.
Avvalroq "Barselona" Reshfordni ijaraga olish bo‘yicha taklif tayyorlayotgani ma’lum qilingan edi.
