Live
1
O'zbek

"Atletiko" Malenni kuzatmoqda

Futbol
14 yanvar, 06:09
Transfermarkt portali Malenning narxini 25 million yevroga baholamoqda.
"Atletiko" Malenni kuzatmoqda
Фото: Getty Images

"Atletiko" hujumchi Jakomo Raspadoriga o'rinbosar topish ustida ishlamoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berdi.

Italiyalik forward tez orada "Atalanta" safiga borib qo'shiladi. Hozirda muzokaralarning yakuniy bosqichi davom etmoqda.

Madrid klubi Raspadori o'rnini "Aston Villa" forwardi Doniell Malen bilan to'ldirishni rejalashtirgan.

Shuningdek, niderlandiyalik 26 yoshli futbolchiga "Roma" va "Napoli" kabi bir qator klublar qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda Malen 29 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Malenning narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Bugungi yangiliklar