Bugun
17
O'zbek

Asror Aliqulov: «Uchta gol o'tkazib yubordik va bu himoyani maqtaydigan holat emas»

Futbol
15 may, 15:44
«Shoʻrtan» ustozining «Andijon»ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari.
Asror Aliqulov: «Uchta gol o'tkazib yubordik va bu himoyani maqtaydigan holat emas»
Фото: Шўртан ПФК

«Shoʻrtan» – «Andijon» (1:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozasi Asror Aliqulov savollarga javob qaytardi.

- Oʻzbekiston Kubogi doirasidagi «Andijon»ga qarshi oʻyinda bir qancha futbolchilarga dam berib, oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotgan futbolchilarni maydonga tushirdik. Ammo, baribir maqsadimiz kurash taklif qilish, yaxshi futbol namoyish qilish va faqat g'alaba edi. Birinchi boʻlimda biroz ustunlikni berib qoʻydik. Ikkinchi boʻlimdagi oʻyin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Hujumga hujum bilan javoblar qaytardik, yaxshi vaziyatlar yaratdik. Mag'lubiyatga uchragan boʻlsak ham ikkinchi boʻlimdagi oʻyin uchun futbolchilarga minnatdorlik bildiraman.

- Himoya to'rtligining harakatlariga qanday izoh berasiz?

- Standart holatda kiritilgan gollar...Birinchi gol toʻp autga chiqib ketdi, bizga uzoqroqda chiqib ketgandek koʻrindi. Futbolchi yaqinroq joydan toʻpni oʻyinga kiritdi va futbolchilarimiz bu holatga tayyor emasdilar. Menga tushunarliroqdek koʻrindi. Ikkinchi gol standart vaziyatdan keyin kiritildi. Darvozabonimiz ishonchsizroq harakat qildi. Oʻyin amaliyoti kamroq, Superliga jamoasiga qarshi oʻyinda hayajon demaymanu, ozroq mahorat yetishmadi. Umuman olganda, uchta toʻp oʻtkazib yubordik va bu himoyani maqtaydigan holat emas.

- Bugungi tarkibni sharoitdan kelib chiqib tushirishga majbur bo'ldingizmi yoki tanlovingiz shundaymi?

- Ayrim futbolchilarni kichik jarohatlar bor. Qaysidir tomonlama oʻzimiz tanladik. Boshqa oʻyinchilarga ham imkoniyat berishga harakat qildik. Har bir olingan futbolchi «Shoʻrtan» libosini kiyadimi, buni his qilishi kerak-da. Oldimizga qoʻyilgan maqsad bor va shunga mos oʻyin koʻrsatish kerak. Ikkinchi boʻlimda oʻzgarishlar qildik va bu oʻyinimizni ancha yaxshi tomonga oʻzgartirdi.

- «Shoʻrtan» Kubok oʻyinlari orqali sinalmagan futbolchilarni sinab olishga harakat qiladimi?

- Shunaqa desak ham boʻladi. Chunki proligada baribir bahslar og'ir kechyapti. Futbolchilarni boshqa joyda sinash bizga juda qiyin. Bizdan talab qilinayotgan narsa – bu har bir oʻyinda gʻalaba! Shuning uchun Kubok oʻyinlarida rotatsiyalarga qoʻl uryapmiz. Ammo har bir oʻyin oddiy emas, kurashishga va gʻalaba qozonishga harakat qilamiz.

- Ikkinchi taym boshida hisob 1:1 boʻlganidan so'ng vaziyat boshqa tomonga oʻzgarib ketishi ham mumkin edi. Ammo yakunda 1:3 boʻldi. 1:1 dan keyin vaziyatni qoʻlga olishga nima halaqit berdi? Futbolchilarni jismoniy holati pand berdimi yoki «Andijon» juda tajribali koʻrindimi?

- «Andijon» tajribalroq. E'tibor qilgan boʻlsangiz, bir qanotdan ikkinchisiga toʻpni tez oʻtkazishadi. Qanotlarda Turgʻunboev, Ashortiya...Ular ham oʻrtaga kirishadi, uzoqdan zarbalar berishadi. Bir qator oʻyinlarini koʻrdik, uzoq masofalardan gollar urishdi. Biz ham shunga yarasha tayyorlandik. Ayrim futbolchilarimiz Superliga tempiga sekinlik qildi, deyish mumkin. Uchinchi golda zarba berishga imkoniyat berdik. 1:1 boʻlib turganida jamoamiz a'zosi – Qodirov juda qulay vaziyatdan yaxshi zarba bera olmadi. Oʻzingiz aytganingizdek oʻyin oʻzgarib ketishi ham mumkin edi.

- Guruhda «Andijon»ni ustun koʻrasizmi yoki «Nasaf»nimi?

- Tarkib tomonlama «Andijon»da ustunlik. «Nasaf»ni kuchli tomoni jamoaviy oʻyin. «Nasaf» lider jamoalarga qarshi juda yaxshi oʻynay oladi. Kubok bahsi ham qiziqarli oʻtadi. Tarkib tomonlama «Andijon»da hatto ayrim holatlarda milliy jamoa futbolchilari ham zaxirada oʻtiradi», — deya Aliqulovning soʻzlaridan keltiradi «Andijon» matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sho'rtan G'uzor Sho'rtan G'uzor
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar