The Touchline portali dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbol murabbiylari reytingini e'lon qildi.
Reytingning birinchi pog'onasidan Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta joy oldi. Uning yillik maoshi 29 million yevroni tashkil etadi.
Ikkinchi o'rinni Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubida faoliyat yuritayotgan italiyalik mutaxassis Simone Inzagi egalladi. Italiyalik mutaxassisning yillik daromadi 26 million yevroni tashkil qiladi.
Kuchli uchlikka esa Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone yakun yasadi. Argentinalik mutaxassisning yillik maoshi 23,5 million yevro etib ko'rsatilgan.
Dunyoning eng ko'p maosh oluvchi murabbiylari o'nligidan, shuningdek, quyidagi mutaxassislar ham o'rin olgan:
1.Mikel Arteta («Arsenal») – 29 mln yevro
2. Simeone Inzagi («Al Hilol») – 26 mln yevro
3. Diego Simeone («Atletiko») – 23,5 mln yevro
4. Luis Enrike («PSJ») – 20 mln yevro
5. Oliver Glasner («») – 13,7 mln yevro
6. Xabi Alonso («Chelsi») – 13,7 mln yevro
7. Joze Mourinyо («Real») – 12 mln yevro
8. Enzo Mareska («Manchester Siti») – 12 mln yevro
9. Ange Postekoglu («An Nasr») – 11,5 mln yevro
10. Luchiano Spalletti («Yuventus») – 11 mln yevro.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi