Live
1
O'zbek

«Arsenal» «Tottenhem»ga o'tayotgan Ezeni olib ketdi — manba

Futbol
20 avgust, 23:32
«To'pchilar» Angliya milliy jamoasi vingeri transferini hal qilishdi.
«Arsenal» «Tottenhem»ga o'tayotgan Ezeni olib ketdi — manba
Foto: Getty Images

«Arsenal» Eberechi Eze transferini hal qildi.

The Athletic xabar berishicha, «to'pchilar» «Kristal Pelas» bilan kelishuvga erishishdi. Transfer qiymati taxminan 68 million funtni tashkil etadi. E'tiborlisi, «Tottenhem» ham xuddi shuncha to'lamoqchi edi va hamshaharidan avvalroq taklif bildirgandi.

Shuningdek, «Arsenal» 27 yoshli vinger bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Eze bugun — 21 avgust kuni «Kristal Pelas» safida «Fredrikstad»ga qarshi Konferensiyalar ligasi saralashida o'ynashi, so'ng yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

Avvalroq angliyalik futbolchining «Tottenhem» safiga qo'shilishga yaqinligi xabar berilgandi.

Eze faoliyati davomida KPR va «Uikomb» klublarida ham o'ynagan. U o'tgan mavsumda APLda 34 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol va xuddi shuncha assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Bugungi yangiliklar