Yevropada jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish maqsadida turli xil hududlarda yig'inlar o'tkazish bilan birgalikda o'rtoqlik o'yinlari yoki kichik turnirlarda ishtirok etishmoqda.
Singapurda bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida «Arsenal» hamda «Milan» jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuvning 53-daqiqasida londonliklar futbolchisi Bukayo Saka tomonidan urilgan yagona gol evaziga «to'pchilar» g'alaba qozonishdi. Bahs yakunidan keyin bo'lib o'tgan o'ziga xos penaltilar seriyasida esa «Milan» 6-5 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuv statistikasiga ko'ra ingliz klubi 23 marta darvozaga zarba yo'llagan bo'lsa, italiyaliklar bu ishni 3 marta amalga oshira olishdi.
«Arsenal» tarbiyalanuvchisi bo'lgan Angliyalik 15 yoshli hujumkor yarimhimoyachi Maks Douman ushbu uchrashuvda ilk martka asosiy jamoa tarkibida maydonga tushdi.
