Bugun
7
O'zbek

APL. "MYu" Londonda "Chelsi"ni minimal hisobda yengib, 3-o'rinni mustahkamladi

Futbol
18 aprel, 16:54
Fernandesh esa 18-assistini qayd etdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
APL. "MYu" Londonda "Chelsi"ni minimal hisobda yengib, 3-o'rinni mustahkamladi
Фото: Getty Images

Angliya Premer-ligasi 33-turida "Chelsi" Londonda "Manchester Yunayted"ni qabul qildi.

Bellashuv 1:0 hisobida "qizil iblislar"ning g'alabasi bilan yakuniga yetdi. Yagona gol Kun'ya hisobiga yozildi. Unga Brunu Fernandesh golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu tariqa, "qizil iblislar" ochkolari sonini 58 taga yetkazib, 3-o'rinni mustahkamladi. "Chelsi" esa 48 ochko bilan 6-pog'onada.

APL. 33-tur
Chelsi – MYu 0:1
Gol: Kun'ya 43
Chelsi - Sanches, Gusto (Acheampong, 81), Fofana (Chalobah, 81), Xato, Kukurelya, Kaysedo, Enso Fernandes (Lavia, 88), Estevao (Garnacho, 16), Palmer, Netu, Delap.
MYu – Lammens, Dalot, Mazraui, Mainu, Shou, Heven, Kazemiro, Fernandesh, Kun'ya (Maunt, 81), Mbeumo (Zirkzee, 87), Sheshko (Diallo, 81).
Ogohlantirishlar: Xato 39 – Kun'ya 25, Maunt 90+1.

Bugungi yangiliklar