Angliya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda "Arsenal" "Tottenhem" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Shimoliy London derbisida Trossar hisobni ochgan bo‘lsa, Eze "to‘pchilar" safidagi ilk het-trigiga erishdi. Mehmonlardan Risharlison Rayaning oldinga chiqib ketganidan foydalangan holda supergol urdi.
Arteta jamoasi ochkolarini 29 tagacha yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi. Eng yaqin ta'qibchi "Chelsi"da 23 ochko bor. "Tottenhem" esa 18 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.
APL. 12-tur
Arsenal — Tottenhem 4:1
23 noyabr, "Emireyts"
Gollar: Trossar (36), Eze (41, 46, 76) — Risharlison (55).
Arsenal — Raya, Timber, Saliba, Hinkapi (Moskera, 88), Kalafiori (Luis-Skelli, 90+2), Eze, Subimendi, Rays, Saka, Trossar (Madueke, 78), Merino (Nvaneri, 88).
Tottenhem — Vikario, Romero, van de Ven, Danzo (Simons, 46), Spens (Porro, 78), Udogi, Palinya, Bentankur (Sarr, 66), Quddus (Jonsun, 78), Odober (Kolo-Muani, 66), Risharlison.
Ogohlantirishlar: Bentankur (32), Romero (70), Porro (87), Rays (87).