Angliya chempionatining 27-turidan o'rin olgan markaziy bahslardan birida — Shimoliy London derbisida "Arsenal" Eze va Gokereshning dubli evaziga "Tottenhem"dan yirik hisobda ustun keldi.
Etiborlisi, Eze "taqachilar" darvozasiga bu mavsumda jami 5 ta gol urdi — u birinchi davrada het-trikka erishgandi.
Shu tariqa Igor Tudorning "Tottenhem" boshqaruvidagi debyuti omadsiz bo'ldi.
Arteta jamoasi ochkolarini 61 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi. 2-o'rindagi "Manchester Siti"da 56 ochko va bir zaxira o'yini bor. "Tottenhem" 29 ochko bilan 16-pog'onada qoldi.
APL. 27-tur
Tottenhem — Arsenal 1:4
22 fevral, "Tottenhem Stedium"
Gollar: Kolo-Muani (34) — Eze (32, 61), Gokeresh (47, 90+4).
Tottenhem — Vikario, Bissuma, van de Ven, Gallaher (Solanke, 62), Grey, Dragushin, Kolo-Muani (Risharlson, 68), Palinya (Tel, 82), Sarr, Simons, Spens.
Arsenal — Raya, Gabriel, Saliba, Timber (Mosquera, 57), Hinkapi, Rays, Subimendi, Eze (Odegaard, 76), Trossar (Martinelli, 76), Saka (Madueke, 90+1), Gokeresh.
Ogohlantirishlar: Timber (28), Grey (35).