Live
12
O'zbek

Runi «MYU»ning sobiq yulduzi haqida: «Mashg‘ulotlarda va maydonda u butkul boshqa-boshqa odam edi»

Futbol
10 oktabr, 10:19
Ingliz futbol afsonalaridan biri sobiq jamoadoshi haqida gapirdi.
Runi «MYU»ning sobiq yulduzi haqida: «Mashg‘ulotlarda va maydonda u butkul boshqa-boshqa odam edi»
Foto: Gettyimages

Ingliz futboli afsonasi Ueyn Runi «Manchester Yunayted»da birga to‘p tepgan sobiq jamoadoshi - argentinalik hujumchi Karlos Teves haqida gapirdi.

Onefootball nashri ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» sobiq forvardi Tevesni jamoa mashg‘ulotidagi chinakam sharmandagarchilik deb atagan. O‘z navbatida, Runi futbol maydonida, bevosita uchrashuvlar vaqtida argentinalik maksimum darajada ter to‘kkanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Ueyn va Karlos 2007 - 2009-yillar oralig‘ida Manchester klubi sharafini birga himoya qilgan.

«Manchester Yunayted»dan tashqari Karlos Teves «Manchester Siti», Turinning «Yuventus», «Boka Xuniors» va boshqa ko‘plab klublar safida to‘p tepishga ulgurgan. Argentina milliy jamoasi safida hujumchi 76 ta o‘yinda maydonga tushgan va hisobiga 13 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar