Live
13
O'zbek

«MYU» Onana bilan xayrlashmoqchi

Futbol
10 oktabr, 04:15
    6
Angliya klubi kamerunlik darvozabonni «Trabzonspor»ga to‘liq transfer qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi.
«MYU» Onana bilan xayrlashmoqchi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» darvozabon Andre Onana bilan xayrlashishga qaror qildi. Hozirda 30 yoshli kamerunlik futbolchi Turkiyaning «Trabzonspor» klubida ijara asosida o‘ynamoqda. Bu haqda The Touchline akkaunti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar darvozabonni to‘liq transfer qilish masalasida turkiyaliklar bilan muzokaralar olib boradi. «Trabzonspor» esa Onananing o‘yinlaridan mamnun va uni uzoq muddatga jamoada olib qolishga tayyor.

Darvozabonning ijara shartnomasi 2027-yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Onana Turkiya chempionatining ushbu mavsumida oltita bahsda maydonga tushib, beshta gol o‘tkazib yuborgan. Uning «Manchester Yunayted» bilan kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror transfer muzokaralari natijasiga bog‘liq.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Trabzonspor Trabzonspor
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar