Live
11
O'zbek

Alkaras Shanxaydagi «Masters» musobaqasini g‘alaba bilan boshladi

Tennis
10 oktabr, 10:12
Ispaniyalik tennischi Shanxaydagi musobaqani muvaffaqiyatli boshladi.
Alkaras Shanxaydagi «Masters» musobaqasini g‘alaba bilan boshladi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning yetti karra chempioni, dunyoning uchinchi raketkasi ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras Shanxaydagi «Masters»ning dastlabki o‘yinida argentinalik raqibi Xuan-Manuel Serundoloni mag‘lub etib, musobaqaning uchinchi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ispaniyalik tennischi 1 soat 7 daqiqa davom etgan bahsda 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuv davomida Xuan-Manuel Serundolo ikkita eys amalga oshirib, birorta ham qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ymadi va birorta ham breyk-poyntga ega bo‘lgani yo‘q. Alkaras sakkiz marta eys amalga oshirdi, bitta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va yettita breyk-poyntning uchtasidan unumli foydalandi.

Keyingi davrada Alkaras Ignasio Buse va Zizu Bergslar o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Bugungi yangiliklar