Bugun
38
O'zbek

Andreyeva: «Faoliyatimdagi eng yaxshi tennisni namoyish qilyapman»

Tennis
9 iyun, 13:44
«Rolan Garros»da g‘alaba qozongan dunyoning oltinchi raketkasi hozirgi sport formasi haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Andreyeva: «Faoliyatimdagi eng yaxshi tennisni namoyish qilyapman»
Foto: Getty Images

«Rolan Garros»da g‘alaba qozongan dunyoning oltinchi raketkasi, rossiyalik Mirra Andreyeva hozirgi sport formasi haqida gapirdi. Musobaqa finalida Andreyeva polshalik Mayya Xvalinskani 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

«O‘ylashimcha, hozir men faoliyatimdagi eng yaxshi tennisni namoyish qilyapman — bu inkor etib bo‘lmaydigan fakt. Bilasizmi, professional darajada faoliyat olib borayotganimdan buyon bu eng yaxshi natijalar hisoblanadi. Shuningdek, Dubay va Indian‑Uellsda xarddagi musobaqadagi g‘oliblikni alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Endi esa men «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqada zafar quchdim. Bu ham so‘zlarim isboti bo‘la oladi», - deya Mirraning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Punto de Break.

Bugungi yangiliklar