Live
4
O'zbek

«Andijon» uch nafar sobiq murabbiy oldidagi qarzdorlik sabab jarimaga tortildi

Futbol
28 noyabr, 05:20
Klub 10 dekabrga qadar qarzlarini bartaraf etmasa, unga nisbatan og‘irroq sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.
«Andijon» uch nafar sobiq murabbiy oldidagi qarzdorlik sabab jarimaga tortildi
Foto: PFL

«Andijon» sobiq murabbiylari Grigoriy Kolosovskiy, Pavel Sinelnikov va Denis Toymensov oldidagi qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmagani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi qarorida ma’lum qilindi.

Qo‘mita qaroriga ko‘ra, klub 10 dekabrga qadar yuqorida nomlari keltirilgan mutaxassislar oldidagi qarzlarini to‘lashi kerak.

Aks holda, «Andijon»ga nisbatan yanada og‘irroq sanksiyalar qo‘llash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
Bugungi yangiliklar