Bugun
10
O'zbek

«Anchadan beri legioner bo'lishni niyat qilib qo'ygandim» – Muhammad Odilov Laosdagi faoliyati haqida

Futbol
2 avgust, 04:01
28 yoshli futbolchi yangi klubi bilan bir mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
«Anchadan beri legioner bo'lishni niyat qilib qo'ygandim» – Muhammad Odilov Laosdagi faoliyati haqida
FOTO: GBFC

O‘zbekistonlik hujumchi Muhammad Odilov faoliyatini Laos chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. U birinchi davrani «Navoiy FA» klubida o‘tkazgan edi. Shuningdek, Odilov bilan birga Asilbek Orifjonov ham «Mazda GBFK» a’zosiga aylanishdi. Shundan so‘ng Tribuna.uz muxbiri futbolchi bilan bog‘landi.

«Ha, Laos klubi bilan shartnoma imzoladim. Agentim menga «Mazda GBFK» klubidan taklif borligini aytdi. Barchasini ko‘rib chiqib, sharoitlar menga ma’qul kelganidan so‘ng kelishuvga erishdik. Anchadan beri legioner bo‘lishni niyat qilib qo‘ygandim. Laos men uchun yangi chaqiruvga aylandi. Bundan xursandman.

Klub bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladim. Bu klubda yolg‘iz emasman. Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Asilbek Orifjonov ham bor. Klub tomonidan ikkalamizga hamma sharoitga ega uy berildi. Fitness zali ham bor. Klub tomonidan bizga alohida xodim biriktirilgan. U doim bizdan xabar oladi.

To‘g‘risi, bu mamlakat va klubdan taklif bo‘lganidan so‘ng Laos haqida ko‘proq ma’lumot to‘plashga kirishdim. U yerda o‘ynagan do‘stlarim va tanishlarim bilan bog‘landim. Ular ham barchasi yaxshi ekanini aytishganidan so‘ng ikkilanishsiz taklifga rozilik bildirdim. Endi mavsum davomida gollarim bilan jamoamga yordam berishni maqsad qilganman», — deydi Odilov Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda.

Bahrom Bobonov suhbatlashdi.

Bugungi yangiliklar