Bugun
14
O'zbek

Amorim: «Slot nima desa desin, menga farqi yo‘q. Jamoamni boshqalar emas, men baholayman»

Futbol
25 oktabr, 03:43
«MYU» murabbiyi Ruben Amorim «Liverpul» ustozining tanqidlariga javob qaytardi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Amorim: «Slot nima desa desin, menga farqi yo‘q. Jamoamni boshqalar emas, men baholayman»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim «Liverpul» ustozi Arne Slotning so‘zlariga e’tibor bermasligini aytdi.

Bir hafta avval Slot APL doirasidagi «MYU»dan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yindan so‘ng raqib jamoani «past blokda o‘ynab, uzun uzatmalar beruvchi» deb ta’riflagandi.

«Slot nima degani menga qiziq emas. Odamlar jamoam haqida nima desa ham, bu menga ta’sir qilmaydi. Men o‘yinni tahlil qilib, yaxshiroq o‘ynashimiz kerakligini ayta olaman. Ba’zida esa o‘yinga moslashish zarur bo‘ladi. Shu sababli menga jamoamni baholaydigan kimdir kerak emas.

Men o‘zim jamoani baholay olaman. To‘p bilan o‘ynashda yaxshiroq bo‘lishimiz kerakligi aniq. Buni navbatdagi o‘yinda ko‘rsatishga harakat qilamiz», – dedi Amorim.

Ma’lumot uchun, bugun «Manchester Yunayted» APLning 9-turida «Brayton»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.

Bugungi yangiliklar