Bugun
27
O'zbek

Alaba A Seriyada to‘p tepadi

Futbol
24 sentabr, 08:51
    5
Avstriyalik himoyachi «Udineze» klubi bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Alaba A Seriyada to‘p tepadi
Foto: Getty Images

Avstriya milliy jamoasi himoyachisi David Alaba rasman «Udineze» futbolchisiga aylandi. Bu haqda Italiya klubining rasmiy sayti xabar berdi.

34 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2027-yil 30-iyungacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. Alaba «Udineze» safiga Madridning «Real» klubidan erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

«Faoliyatim davomida ko‘plab yutuqlarga erishdim, ammo bir narsa o‘zgarmadi: men yana g‘alaba qozonishni xohlayman. Hali ham katta ambitsiyalarga egaman va A Seriyada eng yuqori darajada o‘ynashni istayman», — dedi Alaba shartnoma imzolaganidan so‘ng.

Alaba faoliyati davomida «Bavariya» safida ham uzoq yillar to‘p tepgan. Myunxen klubi bilan u ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, keyinchalik esa «Real» tarkibida faoliyatini davom ettirgan.

Ma’lumot uchun, «Udineze» ushbu mavsum A Seriyaning dastlabki besh turida 4 ochko jamg‘argan va turnir jadvalining 13-pog‘onasida bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Udinese Udinese
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar