«Al Hilol» klubi xususiy xo'jayinga o'tmoqda. Bu esa klubni Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi (PIF) nazoratidan chiqaradi, deb xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs.
Jamoaning egasi almashinuvi masalasi anchadan beri muhokama qilinmoqda. Dastlab PIF klubni investor ixtiyoriga topshirishdan oldin uni barqarorlashtirishi kerak edi.
Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi (PIF) boshqaruvida bo'lgan klublar orasida «Al Hilol» yangi xo'jayinga ega bo'lishga eng yaqin hisoblanadi. «An Nasr», «Al Ittihod» va «Al Ahli» ham shu yo'nalishda harakat qilmoqda, biroq yaqin orada bu klublarning xususiylashtirilishi kutilmayapti.