«Shalke 04» hujumchisi Edin Jeko klub bilan yangi shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi 2027 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan yangi bir yillik shartnomaga imzo chekadi.
Qayd etish joiz, Jeko A Seriya, MLS va Germaniyaning boshqa klublaridan bo‘lgan takliflarni rad etib, Bundesligaga qaytib «Shalke 04» safida qolishni afzal ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, Edin Jeko faoliyati davomida «Volfsburg», «Manchester Siti», «Roma», «Inter» va «Fenerbahche» kabi klublarda to‘p tepgan.