O‘zbekistonlik hakamlar va mutaxassislar 2027-yilgi Osiyo kubogida faoliyat olib boradi.
2027-yil 7-yanvardan 5-fevralga qadar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xobar shaharlarida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi.
O‘zFHM xabar berishicha, nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik hakamlar va mutaxassislar ham faoliyat olib boradi.
Jumladan, Ilgiz Tantashev va Asker Najafaliyev bosh hakam, Timur Gaynullin, Andrey Sapenko hamda Baxtiyorxo‘ja Shavkatov yordamchi hakam, Firdavs Norsafarov esa VAR hakami sifatida turnirda ishtirok etishadi.
Shuningdek, Valentin Kovalenko Osiyo kubogida hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.
2027-yilgi Osiyo kubogiga boradigan o‘zbekistonlik hakamlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi
Futbol
25 sentabr, 06:22
10
Qit’a chempionati Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi