Bugun
15
O'zbek

2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichiga 5 dekabr kuni qur'a tashlanadi

Futbol
30 iyul, 02:49
O‘zbekiston milliy jamoasi 12 jamoa bilan birga muddatidan oldin mundial yo‘llanmasini hal qilgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichiga 5 dekabr kuni qur'a tashlanadi
Foto: LA NACION

2026 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi qur'asi 5 dekabr kuni Las-Vegasda o‘tkaziladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Qizig‘i shundaki, mazkur shahar chempionat doirasida birorta ham o‘yinga mezbonlik qilmaydi. Ma'lumotlarga ko‘ra, qur'a dunyodagi eng yirik sferik inshoot – 17,5 mingga yaqin tomoshabin sig‘dira oladigan "Sfera" zalida o‘tkaziladi. Bu majmua maydoni 50 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan noyob ekran bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatida 48 jamoa ishtirok etadi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Hozirda mezbonlar AQSh, Kanada va Meksikadan tashqari Avstraliya, Eron, O‘zbekiston, Iordaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Argentina, Ekvador, Braziliya va Yangi Zelandiya muddatidan oldin jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Avvalroq "Andijon" o‘ynaydigan OCHL-2 guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 15 avgust kuni bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar